Xitoyning «Universal Energy» kompaniyasi O’zbekistonda SHES va havo liniyalarini qurish uchun $250 mln ajratadi

Elektr stantsiyalarining quvvati 500 MVtni tashkil qiladi

Xitoyning «Universal Energy» kompaniyasi O’zbekistonda SHES va havo liniyalarini qurish uchun $250 mln ajratadi

Xitoyning «Universal Energy» kompaniyasi Samarqand va Jizzax viloyatlarida 250 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi va elektr uzatish liniyalarini qurish uchun $250 mln ajratadi. Bu haqda prezident farmonidan ma’lum bo’ldi.

Joriy yilning 25 yanvar kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, «Universal Energy» va «Peak wind Alpha» investitsiya shartnomasini imzoladilar.

Shuningdek, «Peak wind Alpha» loyiha kompaniyasi sifatida xorijiy bankning qurilish davrida o’z vazifalarini bajarishini ta’minlash uchun $9 mln kafolat beradi.

«O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasi ushbu stansiyalardan elektr energiyasini 25 yil ichida sotib olishga majbur bo’ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM