O‘zbekistonda shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Davlat ishlab chiqaruvchilarni grantlar va imtiyozli kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi, ichimliklar eksportchilari esa to‘langan aksiz solig‘ini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda shakar o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda shakar o‘rnini bosuvchi moddalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonda ko‘zda tutilgan.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga 2025-yil noyabriga qadar “Shakar o‘rnini bosuvchi moddalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasini ishlab chiqish topshirilgan.

Loyihada shakar o‘rnini bosuvchi moddalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini shu kabi komponentlar bilan boyituvchi korxonalarni davlat grantlari, innovatsion dasturlar va imtiyozli kreditlarni joriy qilish orqali qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Shuningdek, tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan gazlangan ichimliklar, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarni ichki bozordan sotib olib, eksport qilgan korxonalarga ushbu ichimliklar bo‘yicha aksiz solig‘ini qaytarish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Bunda mablag‘lar to‘langan aksiz solig‘i tushumlaridan qaytariladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Dam olish kunlari ishlaydigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari ro‘yxati e’lon qilindi
/
Dam olish kunlari ishlaydigan valyuta ayirboshlash shoxobchalari ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekistonda Malayziya kompaniyasi ishtirokida quruqlik porti tashkil etiladi
/
O‘zbekistonda Malayziya kompaniyasi ishtirokida quruqlik porti tashkil etiladi
Yil yakuniga qadar “Toshkent metropoliteni” barcha bekatlarida 200 ta infokiosklar o‘rnatiladi
/
Yil yakuniga qadar “Toshkent metropoliteni” barcha bekatlarida 200 ta infokiosklar o‘rnatiladi