“Shahrisabz” aeroporti rekontruksiya ishlari sababli vaqtincha yopiladi

Tartib 13-martdan 25-martga qadar davom etadi

“Shahrisabz” aeroporti rekontruksiya ishlari sababli vaqtincha yopiladi

2025-yil 13-mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 2025-yil 25-mart 05:00 gacha Shahrisabz aeroporti o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Tashkent Airports xabar berishicha, aerorport uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan yopilmoqda. 

Rekonstruksiya ishlarida 1 554 m uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, yurish yo’lagining ustki qatlami ham ta’mirlanadi. Tanlov natijalariga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash ishlarini “Fargona yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi” olib boradi.

 Uchish-qo‘nish yo‘lagi ta’mirlangandan so‘ng aeroport o‘rta masofaga mo‘ljallangan zamonaviy ATR-72 samolyotlarini haftasiga uch martagacha qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Burger King Toshkentda ilk filialini ochdi
/
Burger King Toshkentda ilk filialini ochdi
Yuksalish” harakati O‘zbekiston eng muvaffaqiyatli va yosh tadbirkorlar reytingini e’lon qildi
/
Yuksalish” harakati O‘zbekiston eng muvaffaqiyatli va yosh tadbirkorlar reytingini e’lon qildi
Jahon banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $105 mln ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $105 mln ajratadi