Serjio Gor Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi bo‘ladi

O‘zbekiston tomonidan kengashga Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva rahbarlik qilmoqda

Serjio Gor Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi bo‘ladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor yaqinda tashkil etilgan Amerika — O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashiga hamrais etib tayinlandi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi xabarida so‘z boradi.

Kengashning tashkil etilishi “Markaziy Osiyoda „Amerika birinchi“ iqtisodiy dasturini ilgari surish hamda amerikalik ishchilar, innovatorlar va biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir, deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston tomonidan kengash hamraisi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bo‘lgani haqida xabar berilgan. Kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga prezident Shavkat Mirziyoyevning 4−6-noyabr kunlari “C5+1” sammiti doirasida AQShga tashrifi chog‘ida erishilgandi.

Kengash AQSh va O‘zbekistonning investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, AQSh texnologiyalari va iste’dodlari uchun yuqori rivojlanayotgan sohalarni, ayniqsa, IT va raqamli innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va AQSh eksportchilari uchun teng raqobat muhitini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Serjou Gorning faoliyati prezident [Donald] Trampning Amerikaning iqtisodiy yetakchiligini mustahkamlash, AQSh kompaniyalari uchun imkoniyatlarni kengaytirish va xorijdagi hamkorlik Amerika xalqiga haqiqiy foyda keltirishini ta’minlashga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.

Serjio Gor oktabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurib, prezident, uning administratsiyasi rahbari va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi avtoturargoh operatorlari “bozor ta’siri” bo‘yicha tekshirilmoqda
/
Toshkentdagi avtoturargoh operatorlari “bozor ta’siri” bo‘yicha tekshirilmoqda
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston suv-energetika hamkorligi bo‘yicha kelishuvga erishdi
/
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston suv-energetika hamkorligi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Oʻzbekistonda 1-dekabrdan boshlab Ai-80 benzini sotuvi toʻxtatiladi
/
Oʻzbekistonda 1-dekabrdan boshlab Ai-80 benzini sotuvi toʻxtatiladi