O‘zbekistonda elektromobillar savdosi rekordni yangiladi

Sotilgan yengil elektromobillar soni 20,7 ming donani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobarga o‘sdi

O‘zbekistonda elektromobillar savdosi rekordni yangiladi

O‘zbekistonda 2025-yil sentabrida 7,8 ming dona elektromobil sotildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, bu avgust oyiga nisbatan 21,6% ga ko‘p va rekord darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Joriy yilning 3-choragida sotilgan yengil elektromobillar soni 20,7 ming donani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobarga o‘sgan. Eng yuqori o‘sish Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kuzatildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sentyabr oyida yengil avtomobillar savdosi 84,6 ming donani tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 6,4% ga kamaygan. Eng katta pasayish Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etildi. Shu bilan birga, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida savdo hajmlarining o‘sishi kuzatildi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi holat

Sentabr oyida yangi yengil avtomobillar segmentida faollikning mavsumiy tushishi kuzatilib, savdo hajmi 15,2% ga kamayib, 31,9 ming donani tashkil etdi. Ushbu segmentda mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar ustuvorlikni saqlab qoldi — ularning sotuvi 27,4 ming donani tashkil etib, avvalgi oyga nisbatan 16,1% ga kamaydi. Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 4,5 ming donani tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 8,9% ga kamaydi.

Ikkilamchi avtomobil bozori barqarorlikni saqlab qoldi

Sentyabr oyida ikkilamchi yengil avtomobillar bozorida 52,6 ming dona mashina sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan oyga nisbatan atigi 0,1% ga kamdir.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ko‘chmas mulk bozoridagi tendensiyalar bo‘yicha yangilangan tahlilni ham e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 2025-yil sentabrida Toshkentda uy-joy ijara narxi oshdi. Eng yuqori ijara narxlari Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida kuzatildi. Sentabrda O‘zbekistonda Oldi-sotdi bitimlari soni yillik hisobda 13,7% ga o‘sdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

AQSh “Lukoyl” va “Rosneft”ga qarshi sanksiya qo‘lladi
/
AQSh “Lukoyl” va “Rosneft”ga qarshi sanksiya qo‘lladi
O‘zbekiston Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim muddatini 30 kungacha uzaytirdi
/
O‘zbekiston Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim muddatini 30 kungacha uzaytirdi
O‘zbekistonda chegirmalar e’lon qilishdan oldin narxlarni sun’iy ravishda oshirish taqiqlandi
/
O‘zbekistonda chegirmalar e’lon qilishdan oldin narxlarni sun’iy ravishda oshirish taqiqlandi