Raqobat qo’mitasi “Sello”ni noto’g’ri reklama uchun jarimaga tortdi
Ta'kidlanishicha, kompaniya “Sello Pay” orqali o'tkazmalar bo'yicha aksiyalarning muhim shartlarini ko'rsatmagan

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi “Marketplace Trading” (Sello) kompaniyasiga qarshi ish qo’zg’atdi.
Idoraning ta’kidlashicha, Toshkentdagi reklama taxtasida “Sello Pay” xizmati orqali o’tkazmalar uchun 0% komissiya ko’rsatilgan reklama joylashtirilgan. Shuningdek, kompaniyaning rasmiy veb-saytida “Sello Pay” mobil ilovasi orqali bepul o’tkazmalar bo’yicha aksiya joriy yilning 1 iyulida boshlanishi va identifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchilar uchun uch oy davom etishi haqida xabar berilgan.
Aksiya doirasida oylik komissiyasiz o’tkazmalar limiti 3 mln so’mni tashkil etdi, shundan so’ng 1% miqdorida komissiya undirildi. Biroq, reklama aksiyalarning asosiy shartlari to’g’risida ma’lumotlar berilmagani aniqlandi.
Shu asosda qo’mita “reklama to’g’risida”gi Qonunning 16, 21 va 43-moddalari, shuningdek “iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasi buzilishi belgilari bo’yicha ish qo’zg’atdi.
Tergov natijalariga ko’ra, kompaniya jarimaga tortildi va qoidabuzarliklarni bartaraf etish va kelajakda ularni oldini olish bo’yicha ko’rsatma oldi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ