Ozarbayjon kompaniyasi Chorvoqdagi Sea Breeze qurilishi uchun $5mlrd sarflaydi

Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi esa qo‘shma loyihalarga $500 mln miqdorida mablag‘ kiritishni rejalashtirmoqda

Ozarbayjon kompaniyasi Chorvoqdagi Sea Breeze qurilishi uchun $5mlrd sarflaydi

IV Toshkent Xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2025) doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov bir qator muhim ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, Ozarbayjonning Agalarov Development kompaniyasi bilan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Sea Breeze Uzbekistan to‘rt fasllik kurortini qurish bo‘yicha $5 mlrdlik kelishuv imzolandi. Loyihaning birinchi bosqichida 100 gektar maydonda qurilish ishlari olib boriladi.

Bundan tashqari, Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi (OO‘IK) qo‘shma loyihalarga $500 mln miqdorida mablag‘ kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Nozim Hojiyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qildi.

Kompaniya 2024-yilda faoliyatini boshlab, shu paytgacha 100 dan ortiq loyihani o‘rganib chiqdi. Hozirda ularning 15 tasi chuqur tekshiruvdan o‘tmoqda, $80 mlndan oshiq qiymatga ega bo‘lgan oltitasi esa allaqachon ma’qullandi. Ular orasida sanoat sohasidagi to‘rtta loyiha, moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha bitta loyiha va Yangi Toshkentda xalqaro maktab qurilishi mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

BAAda mehmonxonalar bekor qilingan aviaqatnovlar sabab turistlar yashash muddatini uzaytirildi
/
BAAda mehmonxonalar bekor qilingan aviaqatnovlar sabab turistlar yashash muddatini uzaytirildi
O‘zbekistonda bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi
/
O‘zbekistonda bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi
Yanvar oyida eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt boʻldi
/
Yanvar oyida eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt boʻldi