Samarqand viloyatini rivojlantirishga 2026-yilda 5,2 trln so‘m ajratiladi

Prezident hudud infratuzilmasi va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqladi

Samarqand viloyatini rivojlantirishga 2026-yilda 5,2 trln so‘m ajratiladi

2026-yilda Samarqand viloyatida infratuzilma va iqtisodiyotni kompleks rivojlantirish uchun 5,2 trln so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda Lex.uz portalida e’lon qilingan prezident qarorida ma’lum qilindi.

Tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlarga ko‘ra, viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmini 9% ga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, tovar va xizmatlar eksportini $1,2 mlrdga yetkazish, xorijiy investitsiyalar hajmini esa $3 mlrdgacha oshirish ko‘zda tutilgan. Eng yirik 100 ta sanoat korxonasida ishlab chiqarish tannarxini kamida 10% ga qisqartirish vazifasi belgilangan.

Ustuvor loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi viloyat byudjetiga $100 mln miqdorida foizsiz kredit ajratadi. Ushbu mablag‘lar 7 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Bundan tashqari, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1,9 trln so‘m, shuningdek, 250 mlrd so‘m miqdorida maqsadli subsidiyalar ajratilishi rejalashtirilgan.

Infratuzilma loyihalari doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • 298 km avtomobil yo‘llari quriladi va rekonstruksiya qilinadi, 15 ta yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi;
  • 137 km elektr tarmoqlari yangilanadi va 70 ta yangi transformator o‘rnatiladi;
  • 242 km ichimlik suvi tarmoqlari tortiladi hamda 90 ta gidrotexnik inshoot ta’mirlanadi;
  • 41 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlarida sug‘orish tizimi yaxshilanadi.

Shuningdek, Bulung‘ur tumanida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi doirasida sanoat loyihalari uchun 100 gektar yer ajratiladi. Samarqand tumanida 20 gektar maydonda eksportga yo‘naltirilgan agro-sanoat zonasi tashkil etiladi, “Jartepa” chegara postiga yaqin hududda esa erkin savdo zonasi barpo etiladi.

Ijtimoiy sohada “yashil” standartlarga o‘tish rejalashtirilgan. Xususan, obyektlarda 1036 ta geliokollektor o‘rnatiladi, 3 mingta turar joyda energiya samaradorligi oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Toshkentda $100 mlnlik yer osti avtoturargohi qurilmoqda
/
Yangi Toshkentda $100 mlnlik yer osti avtoturargohi qurilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
2025-yilda Toshkent uy-joy bozori rekord darajadagi faollikni ko‘rsatdi
/
2025-yilda Toshkent uy-joy bozori rekord darajadagi faollikni ko‘rsatdi