Samarqandda ruxsatsiz qurilgan 12 qavatli uy buzilmoqda

Nostandart shakldagi bino 10 yildan ortiq vaqt davomida hujjatsiz qurilgan va seysmik jihatdan xavfli deb topilgan

Samarqandda ruxsatsiz qurilgan 12 qavatli uy buzilmoqda

Samarqandda o‘zboshimchalik bilan qurilgan 12 qavatli g‘ayrioddiy shakldagi binoni buzish ishlari boshlandi.

Rasmiy ruxsatnomalarsiz qurilgan inshoot zilzilabardosh emasligi aniqlandi va buzilishi lozim deb topildi. Qurilish ishlarini mahalliy fuqaro Furqat Xalilov olib borgan bo‘lib, uning aytishicha, loyihaga taxminan $3 mln sarflangan.

Ishlar 2012-yildan beri davom etib kelgan va hujjatlarning yo‘qligi hamda to‘xtatish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarga qaramay, qurilish to‘xtamagan, hatto 2023-yilda bino ichida kafe ham ochilgan.

Qurilish va kommunal xo‘jalik vazirligi loyihaning arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i, smeta hisob-kitoblari, muhandislik-geologik tadqiqotlarsiz va shaharsozlik kengashi bilan rasmiy kelishuvlarsiz qurilganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, quruvchida foydalanilgan qurilish materiallari uchun pasport va sertifikatlar, shuningdek, yashirin ishlarni qabul qilish dalolatnomalari ham bo‘lmagan.

Tekshiruv natijasida obyektning zilzilabardoshlik standartlariga mos kelmasligi aniqlandi. Qurilishni to‘xtatish zarurligi haqida bir necha bor ogohlantirish berilishiga qaramay, ishlar davom ettirilgan. Keyinchalik o‘tkazilgan ekspertiza yuk ko‘taruvchi ustunlarda yoriqlar borligini aniqladi va “O‘zko‘g‘irsanoatloyiha” instituti binoni buzish to‘g‘risidagi qarorni asosli deb topdi.

Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, zarur boshlang‘ich hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda, “Triumf Proyekt” xususiy kompaniyasi “Konstant Proyekt” firmasi tomonidan tayyorlangan to‘liq bo‘lmagan loyihaga ijobiy xulosa bergan.

2022-yil 6-iyul kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi Furqat Xalilovga binoni o‘z mablag‘i hisobidan buzish majburiyatini yukladi. Qaror ijro organlariga topshirildi. Uning asosli ekanligini respublika komissiyasi ham tasdiqladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent aeroporti oldidagi ko‘prikni qayta qurish uchun 511 mlrd so‘m sarflandi
/
Toshkent aeroporti oldidagi ko‘prikni qayta qurish uchun 511 mlrd so‘m sarflandi
Yil oxirigacha Toshkentda birinchi “JW Marriott” mehmonxonasi ochiladi
/
Yil oxirigacha Toshkentda birinchi “JW Marriott” mehmonxonasi ochiladi
Bojxonada qoldirilgan avtomobillarni qayta rasmiylashtirilishi taklif qilindi
/
Bojxonada qoldirilgan avtomobillarni qayta rasmiylashtirilishi taklif qilindi