Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi
Shuningdek, Nurobod tumaniga kelgusi 5 yilda $1,1 mlrdlik investitisiya jalb qilinadi

“Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Nurobod tumanida 2025–2030-yillar davomida yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga jami $1,1 mlrd miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilinadi. Shuningdek, yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali 5,1 ming doimiy ish o‘rinlarini yaratiladi.
Nurobod tumani Sazag‘on massividagi bo‘sh turgan 115,3 gektar yer uchastkasi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududidan chiqariladi va ushbu hududda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.
Maxsus sanoat zonasini boshqarish uchun “New Vision Investment Development” MCHJ xorijiy kompaniyasi tashkil etilgan.
Shuningdek,maxsus sanoat zonasida ishlab chiqarish binolarini ko‘p qavatli (3-4 qavat) qilib qurish nazarda tutilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ