Safia Turkmaniston va Ozarbayjon bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda

Qandolatchilik tarmog‘i Qozog‘istonda 10 ga yaqin nuqta ochgan, Tojikiston va Qirg‘izistonda esa hamkorlar topgan

Safia Turkmaniston va Ozarbayjon bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda

Safia qandolatchilik tarmog‘i yaqin istiqbolda Turkmaniston va Ozarbayjon bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 21-yanvar kuni kompaniya hammuassisi Bekzod Samig‘jonov elchilar va tadbirkorlar ishtirokidagi ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Safia hozirda Qozog‘iston bozorida faol ishlamoqda va bu mamlakatda 10 ga yaqin savdo nuqtasini ochgan. Bir yil davomida kompaniya $7–$8 mlnlik konditeriya mahsulotlarini eksport qilgan. Shu bilan birga, Qozog‘istonda o‘zbekistonlik ishchi kuchiga qo‘yilgan cheklovlar muammolarni yuzaga keltirmoqda. Xususan, mehnat kvotalari sabab kompaniya xodimlaridan biri mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Bekzod Samig‘jonovning ta’kidlashicha, agar Safia 4–5 nafar xodimni qonuniy ishga jalb qilish imkoniga ega bo‘lsa, kompaniya duch kelayotgan asosiy muammo bartaraf etiladi.

Shuningdek, Safia franchayzing yo‘nalishini ham rivojlantirmoqda. Kompaniya Tojikistonda faoliyatni boshlagan, Qirg‘izistonda esa hamkorlar bilan kelishuvlarga erishgan.

Biz franchayzing yo‘nalishini ishga tushirdik. Agar yaxshi hamkorlar topilsa, Tojikiston, Qirg‘iziston va qo‘shni davlatlarda, jumladan Turkmanistonda ham nuqtalar ochishni rejalashtiryapmiz, — dedi Samig‘jonov.

Kompaniya hammuassisining so‘zlariga ko‘ra, yaqin besh yil ichida Safia eksport hajmini hech qanday muammosiz $50 mln darajasiga yetkazishi mumkin. O‘tgan yilda kompaniya Tojikistonga eksportni boshlagan va Qirg‘izistonda hamkorlar bilan ishlashni yo‘lga qo‘ygan.

Muloqot chog‘ida Tojikistonda qandolat mahsulotlari uchun 15% bojxona boji amal qilayotgani, O‘zbekistonda esa Tojikistondan kelayotgan mahsulotlarga imtiyozlar sabab boj undirilmasligi qayd etildi. Shu munosabat bilan bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisiga mart oyida bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo komissiya yig‘ilishiga qadar ushbu boj masalasi bo‘yicha taklif ishlab chiqishni topshirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy narxlari 8% ga oshdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy narxlari 8% ga oshdi
Imkon Ventures $9 mlnlik Startup Garage portfeliga sarmoya kiritdi
/
Imkon Ventures $9 mlnlik Startup Garage portfeliga sarmoya kiritdi
O‘zbekiston meva-sabzavot eksportidan $2,1 mlrddan ortiq daromad oldi
/
O‘zbekiston meva-sabzavot eksportidan $2,1 mlrddan ortiq daromad oldi