Rossiya vakillari Buxoro va Navoiyda yangi texnopark ochishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, O‘zbekistonda farmatsevtika va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yiladi

Rossiya vakillari Buxoro va Navoiyda yangi texnopark ochishni rejalashtirmoqda

Rossiya 2025-yilning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiyda yangi texnoparklarni ochadi. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.

Rejalar haqida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ma’lum qilindi, unda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar savdo va sanoat kooperatsiyasidan tortib investitsiyalar va turizmgacha bo‘lgan sheriklikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida 3 mingdan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda. Qo‘shimcha ravishda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Investitsiya platformasi tashkil etildi. Uning doirasidagi loyihalarning birinchi to‘plami 2025-yil oxirigacha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishiga qadar kelishiladi.

Bizning oldimizda 2030 yilga borib O‘zbekistonga Rossiya eksportini $17,9 mlrdga, O‘zbekiston eksportini esa $11,8 mlrdga yetkazish vazifasi turibdi. Biz qo‘shma loyihalarni rivojlantiramiz va biznes uchun qulay sharoitlar yaratamiz, — dedi Reshetnikov.

O‘zbekistonda farmatsevtika preparatlari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etish ham ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Rossiya tomoni 2025-2034 yillarda kafolatlangan xarid bilan mahalliylashtirish uchun mahsulotlar ro‘yxatini tayyorlamoqda.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sud Humans kompaniyasini “Octobank” oldidagi qarzni to‘lashga majbur qildi
/
Sud Humans kompaniyasini “Octobank” oldidagi qarzni to‘lashga majbur qildi
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
/
Transport vazirligi: viloyatdan kelgan taksichilar poytaxtda ishlash uchun ham litsenziya olishlari kerak
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi
/
13-iyun kuni Toshkentda bir necha yo‘nalish parvozlari bekor qilindi