2024-yilda O‘zbekistondan rossiyalik ishchilarga 57,2 mingta taklif yuborilgan
Rossiyaning chet eldagi vakansiyalari orasida O‘zbekistonning ulushi 7% ni tashkil etmoqda
2024-yilda O‘zbekistonlik ish beruvchilar Rossiyalik nomzodlarga 57,2 ming taklifnoma yuborgan, deb xabar beradi RBK HeadHunter ma’lumotlariga tayanib.
Rossiyaning chet eldagi vakantiyalari orasida O‘zbekistonning ulushi 7% ni tashkil etdi. Statistikada O‘zbekiston yoki xalqaro kompaniyalar tomonidan yuborilgan takliflar bilan bir qatorda, ish joyi sifatida O‘zbekiston ko‘rsatilgan Rossiya kompaniyalarining vakantiyalari ham hisobga olingan.
2024-yilda rossiyaliklarga chet eldagi ish o‘rinlari uchun 769 mingta taklif yuborilgan.
Eng ko‘p takliflar Belarus (22%, 172,3 ming), Qozog‘iston (20%, 150,9 ming), Gruziya (9%, 69,7 ming), Turkiya (9%, 67,8 ming) davlatlaridan yuborilgan.
Shuningdek, talab sezilarli oshgan davlatlar:
- Xitoy — 2023-yilda 4,8 ming bo‘lgan takliflar soni 2024-yilda 27,6 mingtaga yetdi (6 barobar oshdi);
- Serbiya — 356,3% o‘sish (5,8 mingdan 26,3 mingtaga);
- Turkiya — 188,6% o‘sish (23,5 mingdan 67,8 mingtaga);
- Kipr — 160,9% o‘sish (4,6 mingdan 12 mingtaga);
- Polsha — 119,6% o‘sish (4,1 mingdan 9 mingtaga);
- BAA (Birlashgan Arab Amirliklari) — 117,2% o‘sish (19,2 mingdan 41,7 mingtaga).
Shu bilan birga, ayrim davlatlarda bu ko‘rsatkich pasaydi,xususan, Ozarbayjon (38%), Armaniston (24%), Gruziya (20%) va Qozog‘iston (11%) shular jumlasidan.
Chet elda rossiyaliklar orasida eng talabgir mutaxassislar sotuv menejerlari (13%), dasturchilar va ishlab chiquvchilar (10%), call-markaz operatorlari (5%) bo‘ldi. Shuningdek, dizaynerlar, marketing menejerlari, internet-marketologlar va rassomlar (4%), o‘qituvchilar, SMM-menejerlar va kontent-menejerlar (3%), sekretarlar, menejer yordamchilari, texnik yordam mutaxassislari va testchilar (2%) ham yuqori ko‘rsatkichni egallagan.
2024-yilda xorijiy vakansiyalar uchun o‘rtacha maosh (medianna) 51,7 ming rublni tashkil etdi. Biroq, ba’zi mutaxassislarga sezilarli darajada yuqori maosh taklif qilindi. Masalan:
- DevOps muhandislar — 226 ming rubl;
- Ishlab chiqish guruhlari rahbarlari — 201 ming rubl;
- Data-sayentistlar — 186,8 ming rubl;
- Moliya direktorlar — 155,5 ming rubl;
- Axborot texnologiyalari direktorlar — 145,7 ming rubl;
- Bosh direktorlar va ijrochi direktorlar — 142,7 ming rubl.
Eng ommabop bo‘lgan sotuv menejerlariga esa o‘rtacha 67,4 ming rubl oylik taklif qilingan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ