Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi

Gaz importi Qozog‘iston hududi orqali amalga oshirilmoqda, umumiy hajm 7 mlrd kub metrdan oshdi

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 30% ga oshdi

2025-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi sezilarli darajada oshdi. “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvuri tizimi orqali amalga oshirilgan eksport yil davomida 30% ga ko‘payib, 7 mlrd kub metrdan ortiqni tashkil etdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazilishi Qozog‘iston hududi orqali tranzit yo‘li bilan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, Rossiyaning Xitoyga gaz eksporti ham sezilarli oshgan. “Sibir kuchi” gaz quvuri orqali Xitoyga yetkazib berilgan gaz hajmi qariyb 25% ga yoki 8 mlrd kub metrga ko‘payib, deyarli 39 mlrd kub metrga yetgan.

“Gazprom” vakillari ta’kidlashicha, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi ilk bor Yevropaga yo‘naltirilgan eksportdan oshgan va 38,8 mlrd kub metrni tashkil etgan. Umuman olganda, Markaziy Osiyo davlatlariga — Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga gaz yetkazib berish hajmi 22,2% ga, Gruziyaga esa 40,4% ga oshgan. 2024-yil dekabr oyidan boshlab sharqiy yo‘nalish to‘liq loyiha quvvatida ishlay boshlagan, amaldagi gaz yetkazib berish esa shartnoma majburiyatlaridan qariyb 800 mln kub metrga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2025-yil yakunlariga ko‘ra Xitoyga $773 mln qiymatidagi quvur gazini eksport qilib, Pekinning beshta yirik hamkorlari qatoridan joy olgan. Ushbu yo‘nalishda Rossiya yetakchi bo‘lib, Xitoyga gaz eksportidan tushgan daromadini 17,1% ga oshirib, $9,41 mlrdga yetkazgan. Ikkinchi o‘rinda esa $8,41 mlrd ko‘rsatkich bilan Turkmaniston qayd etilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduq burg‘ilash bo‘yicha bitim tuzdi
/
“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduq burg‘ilash bo‘yicha bitim tuzdi
“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
/
“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
Toshkent–Samarqand pulli yo‘lida 12 ta kirish-chiqish punkti tashkil etiladi
/
Toshkent–Samarqand pulli yo‘lida 12 ta kirish-chiqish punkti tashkil etiladi