Rossiya moliya vazirligi oilali mehnat migrantlari uchun to‘lovlarni oshirishni taklif qildi

Xorijliklar har bir farzandi uchun patent narxining 50%ini qo‘shimcha to‘lashi va daromadini yashash minimumidan kam emasligini tasdiqlashi mumkin

Rossiya moliya vazirligi oilali mehnat migrantlari uchun to‘lovlarni oshirishni taklif qildi

Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi xorijiy mehnat migrantlari uchun yangi talablarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari paketini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, patent asosida ishlayotgan chet el fuqarolari nafaqat o‘zlari, balki voyaga yetmagan oila a’zolari uchun ham qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Taklifga binoan, migrantlar har bir farzandi yoki qaramog‘idagi shaxs uchun patent qiymatining yana 50% miqdorida to‘lov kiritadi. Hozirda Rossiya hududlarida patent narxi 3,4 mingdan 27,3 ming rublgacha o‘zgaradi, Moskvada esa oylik to‘lov qariyb 10 ming rublni tashkil etadi.

Shuningdek, 18 yoshga to‘lgan migrantlar farzandlari alohida mehnat ruxsatnomasini rasmiylashtirishi yoki mamlakatni tark etishi talab qilinishi mumkin. Vazirlik uy xo‘jaliklarida ishlovchi xorijliklarga ham avans to‘lovlari tartibini joriy etishni taklif qilmoqda.

Yana bir yangilikka ko‘ra, migrantlar rasmiy daromadini o‘zlari yashayotgan hududdagi yashash minimumidan kam bo‘lmagan darajada tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Tashabbus migratsiya nazoratini kuchaytirish hamda xorijiy fuqarolar daromadlarini “soya iqtisodiyoti”dan chiqarishga qaratilgani aytilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi Umra reklamasi bo‘yicha ayrim turfirmalarga jarima qo‘lladi
/
Raqobat qo‘mitasi Umra reklamasi bo‘yicha ayrim turfirmalarga jarima qo‘lladi
AQSh O‘zbekistondagi ikki kompaniya rahbarlariga viza cheklovlarini joriy qildi
/
AQSh O‘zbekistondagi ikki kompaniya rahbarlariga viza cheklovlarini joriy qildi
BlackRock O‘zbekistonda kapital bozori va infratuzilma loyihalarini rivojlantiradi
/
BlackRock O‘zbekistonda kapital bozori va infratuzilma loyihalarini rivojlantiradi