Rossiya neftining Qozog’iston orqali O’zbekistonga tranziti 30%ga oshdi

Bu yil ko'rsatkichni 500 ming tonnadan oshishi rejalashtirilgan

Rossiya neftining Qozog’iston orqali O’zbekistonga tranziti 30%ga oshdi

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Rossiya neftining Qozog’iston orqali O’zbekistonga tranziti o’tgan yilgi natijalarga nisbatan 30%ga oshdi. Bu haqda Rossiya energetika vazirining birinchi o’rinbosari Pavel Sorokin ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.

U ushbu bayonotni Rossiya Federatsiyasi Kengashi va Qozog’iston Senati o’rtasidagi hamkorlik bo’yicha komissiyaning 22-yig’ilishida videoqo’ng’iroq orqali taqdim etdi.

O’tgan yili Rossiyadan O’zbekistonga neft yetkazib berish hajmi 154,3 ming tonnani tashkil etdi. 2024 yilda ushbu ko’rsatkichni 500 ming tonnadan oshirish rejalashtirilgan.

Eslatib o’tamiz, birinchi chorakda Qozog’iston O’zbekistonga 75 ming tonna Rossiya neftini yetkazib bergan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi