Rossiya markaziy banki asosiy stavkasini rekord 21%ga oshirdi

Bu asosiy stavka joriy etilganidan buyon rekord koʻrsatkich

Rossiya markaziy banki asosiy stavkasini rekord 21%ga oshirdi

Rossiya banki direktorlar kengashi asosiy stavkaning yillik 19% dan 21% gacha oshganini ma’lum qildi. Bu stavka joriy etilganidan buyon eng yuqori koʻrsatkichdir. 

Avvalgi rekord ko‘rsatkich 2022-yilning fevral oyida 20% boʻlgan.

Inflyatsiyaning maqsadli darajasiga qaytishini ta’minlash va inflyatsiya kutilmalarini kamaytirish uchun pul-kredit siyosatini yanada qat’iylashtirish talab etiladi. Rossiya banki navbatdagi yig‘ilishda asosiy stavkani oshirish imkoniyatini tan oladi, — deyiladi Markaziy bank bayonotida. 

Regulyatorning asosiy prognozi 2024-yilda inflyatsiya 6,5-7% oralig’ida bo’lishini, 2025-yilda esa 4-4,5% gacha tushishini va kelajakda 4% ga yaqin bo’lishini nazarda tutadi. 

Oktyabr oyida aholi va biznesning kutganlari ham maksimal darajaga yetdi, deyiladi regulyator bayonotida.

13-sentabrdagi yig‘ilishda direktorlar kengashi stavkani 18%dan 19%ga oshirgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi
/
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi