Bu yil O’zbekistonga Rossiya gazi yetkazib berish uch baravarga ko’payadi
Gaz tashish hajmi 3,8 mlrd kubometrga yetadi

Фото: «РИА Новости»
Bu yil Rossiya gazini Qozog’iston orqali O’zbekistonga tashish hajmi o’tgan yilga nisbatan qariyb uch baravar ko’payib, 3,8 mlrd kubometrni tashkil etadi. Bu haqda TASS xabar berdi.
«Gazprom» va Qozog’iston hukumati o’rtasida imzolangan strategik hamkorlik to’g’risidagi bitim doirasida Rossiya gazini O’zbekistonga tashishning yillik hajmi 2023 yildagi 1,28 mlrd kubometrdan 2024 yilda 3,8 mlrd kubometrgacha o’sishi belgilandi.
Eslatib o’tamiz, 2023 yil 7-oktabrda Rossiya, O’zbekiston va Qozog’iston prezidentlari — Vladimir Putin, Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Tokayev Rossiya tabiiy gazining Qozog’iston hududi bo’ylab «O’rta Osiyo — Markaz» magistral gaz quvuri orqali O’zbekistonga tranzitini ochgandilar.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ