“Rosatom” va O‘zbekiston Jizzax viloyatida AES qurish loyihasini boshlash bo‘yicha kelishuv imzoladi

Unga ko‘ra, umumiy quvvati 2 GVt bo‘lgan ikkita yirik reaktor va 110 MVt quvvatli ikkita kichik reaktor o‘rnatiladi

“Rosatom” va O‘zbekiston Jizzax viloyatida AES qurish loyihasini boshlash bo‘yicha kelishuv imzoladi

Moskvada o‘tayotgan Jahon atom haftaligi doirasida O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi loyihasi bo‘yicha ikki muhim hujjat imzolandi. Bu haqda “O‘zatom” xabar berdi.

Kelishuvlar Rossiyaning “Rosatom Energetik loyihalar” kompaniyasi va O‘zbekistonning “AES qurilishi direksiyasi” o‘rtasida imzolandi.

Birinchi hujjat — qo‘shimcha kelishuv — loyiha konfiguratsiyasini belgilab berdi. Unga ko‘ra, Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi barpo etiladi. Loyihada ikkita katta quvvatli (VVER-1000, 3+ avlod) va ikkita kichik quvvatli (RITM-200N) reaktor bo‘ladi.

Ikkinchi kelishuv esa reaktorlar uchun yadro yoqilg‘isi, shuningdek, ehtiyot qismlar va nazorat uskunalari yetkazib berishni ko‘zda tutadi.

 “O‘zatom” direktori Azim Axmedxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda atom energetikasining peshqadamiga aylanadi. U Jizzax viloyatidagi loyiha dunyoda ilk bor kichik modul reaktorlar bilan bir qatorda yirik quvvatli klassik reaktorlar birlashtirilishini ta’kidladi.

“Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov esa imzolangan hujjatlar Rossiya va O‘zbekistonning tinch atom energetikasidagi hamkorligida yangi bosqichni ochib berishini aytdi. Shuningdek, u loyihaning noyobligi — bir maydonda ikkala turdagi reaktorlarni birlashtirishi bilan ahamiyatli ekanini urg‘uladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston hukumati Jizzax viloyatida yirik va kichik AES qurish qarorini tasdiqlagan edi. Kutilishicha, 2035-yilga kelib mazkur stansiyalar yiliga 15 mlrd kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi
/
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda