Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Shuningdek, regulyator yil oxirigacha inflyatsiya darajasi 7–8% oralig‘ida bo‘lishini kutmoqda

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Bugun, 23-yanvardagi yig’ilishda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Iqtisodiyot yuqori iste’mol talabi va ayrim tovarlar hamda xizmatlar narxining oshishi tufayli inflyatsiya bosimi ostida qolmoqda. Inflyatsiyani 5%ga tushirish uchun Markaziy bank asosiy stavkani 13,5% darajasida saqlab qoldi.

2024-yil yakunida umumiy inflyatsiya darajasi pasayib, dekabr oyida yillik 9,8%ni tashkil etdi. Biroq dekabr oyida bazaviy inflyatsiya biroz oshib, 7,2%ga yetdi. Bu xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasining yuqori darajada shakllanishi bilan izohlanmoqda.

Iqtisodiyotda iste’mol va investitsion faollik yuqori darajada saqlanib qolyapti. Ish haqi va transchegaraviy pul o‘tkazmalarining oshishi aholining real daromadlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, bu esa talabning oshishiga va bazaviy inflyatsiyaga bosim ko‘rsatishi mumkin.

2025-yil yakunida umumiy inflyatsiya darajasi 7–8% oralig‘ida shakllanishi kutilmoqda. Shuningdek, energiya narxlari erkinlashuvi tufayli ayrim oylarda vaqtinchalik inflyatsiya o‘sishi kuzatilishi mumkin. O‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun pul-kredit sharoitlari qat’iy saqlanadi. 

Regulyatorning keyingi yig‘ilishi 2025-yil 13-martga belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM