“Allmedia Safe Service” raqobatdosh ustunlikka ega raqamli platforma operatori sifatida tan olindi
Raqamli platforma faoliyatida majburiy tartibda antimonopoliya komplayens tizimi joriy etiladi

Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi “Allmedia Safe Service” MChJni raqamli platforma operatori sifatida tan oldi. Kompaniya onlayn-translyatsiya yoki video (shu jumladan, televideniye va kino) hamda audio kontent almashinuvi xizmatlarini ko‘rsatuvchi bozorda ustun mavqega ega subyekt sifatida e’tirof etildi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, raqamli platforma operatorining ustun mavqeyidan suiiste’mol qilinishining oldini olish maqsadida, amaldagi raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, uning faoliyatida majburiy tartibda antimonopoliya komplayens tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, kompaniya faoliyati doimiy monitoring asosida nazorat qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, raqamli bozorda ustun mavqega ega kompaniya deb topilgan subyektlar bir qator qo‘shimcha majburiyatlar va cheklovlarga ega bo‘ladi. Jumladan, foydalanuvchilar va hamkorlar uchun xizmatdan teng sharoitlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ