O‘zbekistonda tibbiy xizmatlarning narxi pasaytirilishi bilan 80 mlrd so‘m tejaldi
Shuningdek, ming nafarga yaqin bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi ta’minlandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan kelishish uchun taqdim etilayotgan narxlar vakolat doirasida o‘rganib chiqildi.
Xususan, 2023-2024-yillar davomida respublika davlat tibbiyot markazlarida ayrim xarajatlar optimallashtirilishi hisobiga tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari o‘rtacha 5-20% gacha pasaytirilishi ta’minlangan.
Buning natijasida, 2023-yilda o‘rtacha 60 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinib, davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha 5 ming nafar bemor (28 ming nafar o‘rniga 33 ming nafar bemor)ga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Shuningdek, 2024-yilda esa o‘rtacha 80 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishi natijasida, davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 6 ming nafarga yaqin bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ