Raqobat qo‘mitasi BAAning “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi
Kompaniya “SDK Group And” MCHJ XKning 100% ulushlarini sotib oladi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasining “SDK Group And” MCHJ XKning 100% ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
“Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi bir necha davlatlarda neft va neft mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.
“SDK Group And” MCHJ XK esa motor moyi va yoqilg‘i mahsulotlari uchun filtrlar ishlab chiqaradi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish va bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ