O‘zbekistonda qurilish ishlarida ekologik talablar kuchaytirilmoqda

Xususan, qurilish materiallarini yopiq sharoitda saqlanishi belgilanmoqda

O‘zbekistonda qurilish ishlarida ekologik talablar kuchaytirilmoqda

Ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha Maxsus komissiya “Toza havo” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar haqida axborot berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent, Navoiy, Farg‘ona, Chirchiq va Termiz shaharlarida havoning ifloslanish darajasi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lishi holatlariga – sanoatning o‘sishi, uglerod yoqilg‘ilaridan keng foydalanish, transport vositalari sonining ko‘payishi, tabiiy omillar va nazoratning yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda.

Shu sababli 2030-yilga qadar atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmini qisqartirish, sanoat obektlarida tashlamalarni ushlab qolish ulushini oshirish, transportdan chiqadigan zararli moddalarni kamaytirish hamda PM2,5 bo‘yicha me’yordan oshish kuzatiladigan kunlar sonini pasaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada, “Toza havo” loyihasida energetika va sanoat tarmoqlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, endilikda qurilish sohasida ham ekologik talablar kuchaytiriladi:

  • yangi quriladigan yirik obektlarni loyihalashtirishda ko‘kalamzorlashtirish darajasini oshirish;
  • qurilish materiallarini yopiq sharoitda saqlash;
  • chiqindilarni maxsus quvur va konteynerlar orqali tushirish;
  • maydonlarni himoya to‘siqlari bilan o‘rash;
  • onlayn kuzatuv kameralarini o‘rnatish kabi talablar belgilanmoqda.

Bu chora-tadbirlar nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlaydi, balki atmosfera tozaligi, aholi salomatligi va shahar infratuzilmasining uyg‘un rivojlanishiga ham xizmat qiladi, deyiladi Maxsus komissiya bayonotida.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun 3 mln yevrolik grant ajratadi
/
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun 3 mln yevrolik grant ajratadi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qadrsizlandi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qadrsizlandi
2025-yilda byudjet daromadlari taqchilligi 2,1% ni tashkil etdi
/
2025-yilda byudjet daromadlari taqchilligi 2,1% ni tashkil etdi