Ta’mirlash dasturidagi uy egalari investorlarga yuqori narx qo‘ymoqda — Qurilish vazirligi
Shuningdek, “Taʼmirlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmoqda

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
8-iyul kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ishtirokida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
Unda Qurilish vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ta’mirlash dasturiga kiritilgan, lekin buzilgan uylarda yashovchi fuqarolar ayrim hollarda investorlardan bozordagi haqiqiy narxdan yuqori tovon puli talab qilayotganini ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bu holat sarmoyadorlar uchun kelishuv jarayonini murakkablashtiradi.
Jo‘rayeva, shuningdek, Prezidentga 2024-yil aprel oyida taqdim etilgan “Ta’mirlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ayni paytda Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilayotganini bildirdi. Unga ko‘ra, Qurilish vazirligi ushbu qonun loyihasi orqali davlat va fuqarolar manfaatlarini inobatga olgan holda kompleks yondashuv asosida ish olib bormoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ