2025-yilda qurilish materiallari eksporti $1,2 mlrdga yetkaziladi

Yil yakunigacha $2,4 mlrdlik 312 ta loyihani bajarib, 16 mingta ish o‘rni yaratiladi

2025-yilda qurilish materiallari eksporti $1,2 mlrdga yetkaziladi

O‘zbekistondagi “Shaffof qurilish” platformasida qurilish materiallari korxonalari reyestri tashkil qilinib, u orqali sifat nazorati ta’minlanadi. Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni qurilish materiallari sanoatidagi ishlar va asosiy vazifalarga oid taqdimot bilan tanishganida shunday vazifa qo‘ydi.

Prezident matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, aholi soni o‘sib, urbanizatsiya kengayib borayotgani sifatli qurilish materiallariga talabni yildan yilga oshiryapti. Tarmoq shunga mos ravishda rivojlantirib borilmoqda. Ko‘plab loyihalar amalga oshirilib, hozirgi kunda 10 mingga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda.

Bu yil birinchi chorakda ishlab chiqarish 8% ga, eksport esa 11% ga o‘sdi. Investisiya dasturi doirasida $500 mlnlik 9 ta yirik loyiha ishga tushdi. Dushanbe, Kobul va Filadelfiya shaharlarida “O‘zbekiston savdo uyi” tashkil etildi.

Hali oldinda rejalar ko‘p. Yil yakunigacha $2,4 mlrdlik 312 ta loyihani bajarib, 16 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish miqdorini 53 trln so‘mga, eksportni $1,2 mlrdga yetkazish mo‘ljallangan. Taqdimotda mutasaddilar ushbu ko‘rsatkichlarga erishish chora-tadbirlari yuzasidan axborot berdi.

Davlat rahbari sohada sifat, tannarx va qurilish madaniyati eng dolzarb masala ekanini ta’kidladi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, O‘zbekistondagi bunyodkorlik ishlarida ulardan kengroq foydalanish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.

Bunga erishishda ilm-fan va amaliy ishlanmalar muhim. Shu maqsadda soha bo‘yicha R&D tadqiqotlar markazi ochildi, Germaniyadan maslahatchi jalb qilindi.

Misol uchun, ariq va kanal yuzalari uchun o‘ramli beton qoplamasi tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha ish boshlangan. Natijada betonlashga ketadigan vaqt va xarajat 10% ga, suv sarfi 3-5% ga kamayishi hisob-kitob qilingan.

Prezident geologiya va ilmga katta e’tibor qaratib, ichki va tashqi bozorlar uchun yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar yetkazib berish zarurligini ta’kidladi. Energiya va resurs sarfi yuqori yo‘nalishlarni tahlil qilib, tejamkor innovasion yechimlarni qo‘llash muhimligi qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TTZ dahasigacha bo’lgan Toshkent metropoliteni yo’nalishi ikki bosqichda quriladi
/
TTZ dahasigacha bo’lgan Toshkent metropoliteni yo’nalishi ikki bosqichda quriladi
O‘zbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda
Rossiya 30-iyundan xorijliklar uchun raqamli ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etmoqda
/
Rossiya 30-iyundan xorijliklar uchun raqamli ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etmoqda