16.4.2025 | 12:25
Mamlakatda qurilish korxonalarining umumiy soliq qarzi 920,8 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda
Ularning 34% dan yuqori ulushi 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil 1-aprel holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari 1 142 ta, ularning jami qarzi esa 920,8 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Soliq Qo’mitasi xabar bermoqda.
Shundan 314,6 mlrd so‘mi, ya’ni 34,2%i soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:
- “Reliable Stroy Invest” MChJ – 81,5 mlrd so‘m (Toshkent shahri);
- “Aziya Invest Favorit” MChJ – 60,9 mlrd so‘m;
- “2-son Qurilish Direksiyasi” MChJ – 41,3 mlrd so‘m;
- “Mohir-Quruvchi” MChJ – 29 mlrd so‘m;
- “Mustahkam Qurilish Development” MChJ – 24,2 mlrd so‘m;
- “Zomin Elit Invest” MChJ – 22,8 mlrd so‘m;
- “Fayz Design” MChJ – 18,5 mlrd so‘m;
- “Farovon Builderss” MChJ – 12,7 mlrd so‘m;
- “Timur World Stroy” MChJ – 10,9 mlrd so‘m;
- “Aloqa Qurilish 2024” MChJ – 10,6 mlrd so‘m.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari quyidagicha taqsimlanadi:
- Toshkent shahri – 344,8 mlrd so‘m (256 korxona);
- Andijon viloyati – 100,8 mlrd so‘m (73 korxona);
- Buxoro viloyati – 88,7 mlrd so‘m (105 korxona);
- Toshkent viloyati – 56,9 mlrd so‘m (116 korxona);
- Jizzax viloyati – 44,7 mlrd so‘m (72 korxona).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ