Yirik korxonalarning qurilish ishlari to‘rt barobarga o‘sdi

2025-yilning sakkiz oyida ular 42,8 trln so‘mlik ishlarni bajargan

Yirik korxonalarning qurilish ishlari to‘rt barobarga o‘sdi

O‘zbekistonda 2025-yil yanvar–avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 42,8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mitaning ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 24,9% ga oshgan.

Respublika bo‘yicha bajarilgan barcha qurilish ishlarining umumiy hajmida yirik korxonalar va tashkilotlarning ulushi 22,7% ni tashkil etgan.

Qo‘mita ushbu ko‘rsatkichning so‘nggi yillardagi dinamikasini ham e’lon qildi (yanvar–avgust holatiga):

  • 2021-yil — 16,8 trln so‘m;
  • 2022-yil — 21,6 trln so‘m;
  • 2023-yil — 23,6 trln so‘m;
  • 2024-yil — 34,6 trln so‘m;
  • 2025-yil — 42,8 trln so‘m.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi