“UnionPay” O’zbekistonda QR-kodli to‘lov tizimlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, mahalliy banklar bilan integratsiyani mustahkamlash bosqichlari belgiladi

“UnionPay” O’zbekistonda QR-kodli to‘lov tizimlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda

“UnionPay” vakillari O’zbekistonda faoliyatini kengaytirish, yangi innovatsion xizmatlarni, jumladan, onlayn to‘lovlar va QR-kodli to‘lov tizimlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Markaziy bank xabar berdi.

Markaziy bankda “UnionPay” xalqaro to‘lov tizimi vitse-prezidenti Lyu Xeng boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda mamlakatning turistlar uchun jozibadorligini hisobga olgan holda milliy to‘lov tizimlari bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali iste’molchilarga yanada qulay sharoitlar yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalliy banklar bilan integratsiyani mustahkamlash bosqichlari belgiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
/
Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
/
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi