O‘zbekistonda QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yilgacha oshirilmaydi

Shuningdek, ayrim sanoat ishlab chiqaruvchilar uchun daromad solig’i stavkasi 1% etib belgilandi

O‘zbekistonda QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yilgacha oshirilmaydi

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun teng sharoit va adolatli raqobat muhitini ta’minlash maqsadida 2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmaydi. Bu haqda 27-dekabr kuni Prezident Farmoni belgilandi

Bundan tashqari, Farmonda 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-galantereya sanoatida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi va quyidagi barcha shartlarga rioya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 1% etib belgilandi.

2025-yil 1-apreldan farmasevtika mahsulotlari savdosi yoki tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar daromadidan qat’i nazar, QQS to‘lovchisi deb tan olinadi.

Tadbirkorlarning xalqaro moliyaviy bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy bank va kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatadi.

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 2025-yilda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ $100 mln miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratadi.

2025-yil 1-yanvardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini maxsus idishlarga qadoqlash va kalibrlash loyihalariga milliy valyutadagi revolver kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, yil boshidan eksport yig‘imlari belgilanadi:

  • Paxta ipini eksport qilish uchun yig‘im – eksport narxining 2%, lekin 1 kg uchun $0,05 dan oshmaydi.
  • Trikotaj matoni eksport qilish uchun yig‘im – eksport narxining 1%.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 2025-yilning birinchi choragida 18% ga oshdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 2025-yilning birinchi choragida 18% ga oshdi
“Innoprom”’da Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida dori vositalari yetkazib berishni soddalashtirish boʻyicha asosiy hujjat imzolandi
/
“Innoprom”’da Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida dori vositalari yetkazib berishni soddalashtirish boʻyicha asosiy hujjat imzolandi
«Innoprom»da prezident Shavkat Mirziyoyevga turli mamlakatlardagi raqamli markirovkaning ish faoliyati taqdim etildi
/
«Innoprom»da prezident Shavkat Mirziyoyevga turli mamlakatlardagi raqamli markirovkaning ish faoliyati taqdim etildi