Tramp Qozog‘iston tovarlariga 25% lik boj joriy qilmoqda

Yangi bojxona tariflari 1-avgustdan kuchga kiradi

Tramp Qozog‘iston tovarlariga 25% lik boj joriy qilmoqda

AQSH 1-avgustdan boshlab Qozog‘istondan keladigan tovarlar uchun 25% lik boj joriy etadi. Bu haqda prezident Donald Tramp o‘zining Truth Social’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Siyosatchi qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jo‘mart To‘qayevga tegishli maktubni yo‘lladi. Unda Tramp respublika bilan “yanada muvozanatli va adolatli SAVDO” o‘rnatish haqida so‘z yuritgan.

2025-yil 1-avgustdan boshlab AQSHga yuboriladigan barcha Qozog‘iston mahsulotlariga, tarmoq tariflaridan tashqari, 25% lik bojxona tarifi belgilaymiz. Yuqori tarifdan qochish maqsadida qayta jo‘natilgan tovarlar o‘sha yuqori tarifga tortiladi. 25% lik miqdor mamlakatingiz bilan mavjud savdo taqchilligi nomutanosibligini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan miqdordan ancha past.

Agar Qozog‘istondagi kompaniyalar AQSH hududida mahsulot ishlab chiqarishga qaror qilsa, hech qanday tarif qo‘llanmaydi. Bundan tashqari, biz ruxsatnomalarni tez, professional va muntazam ravishda — ya’ni bir necha hafta ichida olishingiz uchun barcha choralarni ko‘ramiz, deyiladi maktubda.

Ta’kidlanishicha, xuddi shunday maktublarni AQSH prezidenti Malayziya (25% lik boj), Laos (40%), Janubiy Afrika (30%), Myanma (40%), Yaponiya (25%) va Janubiy Koreya (25%) yetakchilariga ham yo‘llagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi
/
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi