Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan o‘zbek kompaniyalari soni 5,4 mingga yetdi

Aprel-iyun oylarida ularning soni 527 taga ko‘paygan

Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan o‘zbek kompaniyalari soni 5,4 mingga yetdi

2025-yilning aprel-iyun oylarida Qozog‘istonda Rossiya fuqarolari ishtirokidagi korxonalar soni 728 taga qisqarib, 17,6 mingtani tashkil etdi.  Bu haqda Qozog‘istonning birinchi kredit byurosi — DataHub Telegram-kanalida xabar berdi.

Ko‘rsatkich 2019-yil boshidan beri qayd etilgan eng keskin pasayish bo‘ldi. Shunga qaramay, Rossiya hanuz mamlakatdagi eng yirik xorijiy sarmoyador bo‘lib qolmoqda.

Shu davr mobaynida esa O‘zbekiston va Xitoydan bo‘lgan investorlar ishtirokidagi kompaniyalar soni sezilarli darajada ortdi. O‘zbekiston kapitali ishtirokidagi kompaniyalar soni 527 taga ko‘payib, 5,4 mingga yetdi. Mazkur o‘sish to‘liq boshqa xizmatlar sohasi hisobiga yuz berdi.

Xitoy sarmoyadorlari ishtirokidagi firmalar soni esa 503 taga ko‘payib, 4,5 mingga yetdi. Ularning asosiy qismi — taxminan 40 foizi — savdo sohasida faoliyat yuritadi.

Umuman olganda, yilning ikkinchi choragida xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni 254 taga kamaydi. Hozirgi paytda Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan bunday korxonalar umumiy soni 44,7 mingdan iborat.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda
/
Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishda minimal muddati belgilandi
/
O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishda minimal muddati belgilandi
O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi
/
O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi