Qozog‘iston temir yo‘l orqali benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqishni taqiqlanmoqda

Bu tartib 29-yanvardan 29-martgacha amal qiladi

Qozog‘iston temir yo‘l orqali benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqishni taqiqlanmoqda

29-yanvar kuni Qozog‘iston Energetika vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi ichki bozorda yoqilg‘i tanqisligini oldini olish uchun benzin va dizel yoqilg‘isini temir yo‘l orqali uchinchi davlatlarga, shu jumladan, Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi davlatlariga olib chiqishni taqiqlash bo‘yicha qo‘shma buyruq chiqardi. Bu haqda TASS xabar bermoqda

Rasmiy hujjatda ta’kidlanishicha, taqiq 29-yanvardan 29-martgacha amal qiladi. Biroq, oldindan rejalashtirilgan yetkazib berishlar, gumanitar yordam yoki favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun yoqilg‘ini chiqarishga ruxsat etiladi.

2024-yil sentyabr oxirida respublikadan avtomobil transporti orqali benzin va dizel yoqilg‘isini chiqarishga taqiq joriy etilgan, ammo bu taqiq avtomobillarning yonilg‘i baklaridagi yoqilg‘iga tatbiq etilmaydi. Ushbu taqiq olti oy davom etishi belgilangan bo‘lib, mart oyining oxirigacha amal qiladi.  

2025-yilda Qozog‘iston hukumati avval davlat tomonidan tartibga solingan yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi narxlarni erkinlashtirishga qaror qildi. Energetika vazirligi tomonidan e’lon qilingan buyruq loyihasi va unga ilova qilingan hujjatlarga ko‘ra, ushbu qaror qo‘shni davlatlarda benzin va dizel yoqilg‘isi narxining Qozog‘istondagi narxlardan ancha yuqoriligi, bu esa yoqilg‘i kontrabandasiga xavf tug‘dirayotgani sababli qabul qilingan. Bundan tashqari, narxlarni tartibga solish yoqilg‘i ishlab chiqaruvchilarni zavodlarni modernizatsiya qilish uchun zarur daromaddan mahrum qilgan.  

28-yanvar kuni Qozog‘iston hukumati matbuot anjumanida Energetika vaziri Almasadam Satqaliyev narxlarni tartibga solishni bekor qilish natijasida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida chakana narxlarning fevral oyida oshishi kutilayotganini ma’lum qildi. U hukumat narxlarning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi va narxlar hech bo‘lmaganda Rossiyadagi darajaga tenglashishini kutayotganini qo‘shimcha qildi. U misol sifatida Aи-92 benzini narxini keltirdi: Qozog‘istonda 1 litr narxi 205 tenge (taxminan 38,9 rubl), Rossiyada esa shunga o‘xshash yoqilg‘ining narxi litriga taxminan 290-300 tenge (55-57 rubl) bo‘lib turibdi.  

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2024-yilning so‘nggi uch oyida 8,5 trln so‘mlik Markaziy bank obligatsiyalari emissiya qilindi
/
2024-yilning so‘nggi uch oyida 8,5 trln so‘mlik Markaziy bank obligatsiyalari emissiya qilindi
Raqobat qo‘mitasi BAAning “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi
/
Raqobat qo‘mitasi BAAning “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi
2024-yilda ATTO tizimi orqali poytaxt va viloyatlardagi jamoat transportida 510,5 mln marta tranzaksiya amalga oshirildi
/
2024-yilda ATTO tizimi orqali poytaxt va viloyatlardagi jamoat transportida 510,5 mln marta tranzaksiya amalga oshirildi