O‘zbekiston-Qozog‘iston ortasida qiymati $350 mlndan ortiq bo‘lgan 76 ta hujjat imzolandi

Tomonlar savdo hajmini $10 mlrdga yetkazishni rejalashtirishmoqda

O‘zbekiston-Qozog‘iston ortasida qiymati $350 mlndan ortiq bo‘lgan 76 ta hujjat imzolandi

Samarqandda O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirlari boshchiligida IV Mintaqalararo forumi bo’lib o’tdi. Bu haqda Qozog’iston bosh vazirining axborot resursi xabar berdi.

Unda ikki mamlakatning hududlari vakillari hamda 200 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi. Hamkorlik forumi doirasida umumiy qiymati $352 mlndan ortiq bo‘lgan 76 ta hujjat imzolandi.

Tadbirda so‘nggi yetti yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro savdo aylanmasi deyarli 2,5 barobar o‘sib, 2023-yili $4,4 mlrdni tashkil etgan. Qozog‘istonda 3,6 mingdan ortiq O‘zbekiston kapitali ishtirokidagi korxonalar o‘z faoliyatini yuritmoqda.

Hamkorlikning yana bir sohasi turizm bo‘yicha o‘zbekistonlik turoperatorlar Mang‘istau viloyatining tarixiy, madaniy va sayyohlik joylariga sayohatlarni taklif qilmoqda.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Aqtau UTM”, Beyneu hokimligi hamda O‘zbekistonning “Nukus Dilisha” kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolandi. Kompaniya Aqtau va Beyneu tumanida savdo markazlarini qurishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, ularda investitsiya hajmi $3,4 mlrd bo‘lgan 74 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish va 14,6 ming ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.  Bugungi kunga qadar Qozog‘istonda 9 ta, O‘zbekistonda yana 3 ta qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Bu jami 4,8 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud zaxiralardan samarali foydalangan holda, yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini $10 mlrdga yetkazish bo‘yicha fikr almashishdi. Bu orqali hududlararo hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi
/
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi
Markaziy bank moliyaviy muassasalarga o‘smirlarning mobil ilovalardan foydalanishini ta’minlashni topshirdi
/
Markaziy bank moliyaviy muassasalarga o‘smirlarning mobil ilovalardan foydalanishini ta’minlashni topshirdi