O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari $1 mlrddan ortiq qo‘shma loyihalarni ishga tushirdi

Yirik qo‘shma tashabbuslar Markaziy Osiyo bozoridagi integratsiyani jadallashtiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari $1 mlrddan ortiq qo‘shma loyihalarni ishga tushirdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Qasim-Jomart Tokayev Toshkentda bo‘lib o‘tgan Oliy Mamlakatlararo Kengashning ikkinchi yig‘ilishi yakunida bir qator yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir doirasida “Markaziy Osiyo” Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi o‘z faoliyatini boshladi. Shuningdek, Tenge Bank’ning Toshkentdagi yangi bosh ofisi ham ishga tushirildi.

Shu bilan birga, quyidagi yirik loyihalarga ham start berildi:

  • Silkway Central Asia ko‘p tarmoqli logistika markazi qurilishi;
  • chiziqli alkilbenzol ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat quvvatlari;
  • Yangi Toshkentdagi “Astana” kvartali;
  • Toshkent va Ostona shaharlarida “Toshkent” va “Astana” mehmonxonalari qurilishi.

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ishga tushirilgan loyihalarning umumiy qiymati $1,2 mlrdni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Qirg‘izistonda “yashil” investitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi
/
O‘zbekiston va Qirg‘izistonda “yashil” investitsiyalarni kengaytirish bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi
“Toshkent-Sharqiy” aeroporti “Toshkent-Humo” deb qayta nomlandi
/
“Toshkent-Sharqiy” aeroporti “Toshkent-Humo” deb qayta nomlandi
O‘zbekiston BP kompaniyasini Ustyurt mintaqasida mahsulot taqsimotiga oid bitimga kiritish masalasini muhokama qilmoqda
/
O‘zbekiston BP kompaniyasini Ustyurt mintaqasida mahsulot taqsimotiga oid bitimga kiritish masalasini muhokama qilmoqda