“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi

Qatnovlar 20-31-dekabr oralig’ida amalga oshiriladi

“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi

“Toshkent” avtovokzalidan kundalik 53 ta reyslarga qo‘shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 20 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etiladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi  xabar qildi.

Unga ko’ra, bu orqali Yangi yil bayrami arafasida Toshkentdan o‘z manziliga yetib olishni rejalashtirgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsad qilingan. 

Xususan, “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 20-dekabrdan 31-dekabrga qadar quyidagi yo’nalishlarda avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘ygan:

  • Toshkent – Navoiy; 
  • Toshkent – Zomin; 
  • Toshkent – Jarqo‘rg‘on;
  • Toshkent – Shahrisabz; 
  • Toshkent – Qarshi;
  • Toshkent – Qorako‘l;
  • Toshkent – Termiz;
  • Toshkent – Denov;
  • Toshkent – G‘uzor;
  • Toshkent – Uzun.

Yo‘lovchilar chiptalarni “Toshkent” avtovokzali chiptaxonalaridan hamda ATTO, “UzBus” mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib olishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bankda Fintex ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
/
Markaziy bankda Fintex ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Avgust oyida 80 dan ortiq kompaniya IT Park rezidentiga aylandi
/
Avgust oyida 80 dan ortiq kompaniya IT Park rezidentiga aylandi
Toshkentda karshering va veloshering xizmatlari paydo bo‘ladi
/
Toshkentda karshering va veloshering xizmatlari paydo bo‘ladi