«Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» kompaniyasi Qo’qon zavodiga $50 mln sarmoya kiritdi
Kompaniya yiliga $24 mlnga kimyoviy o'g'itlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Qo’qon «Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals» zavodini modernizatsiya qilishning ikkinchi bosqichida $50 mln sarmoya o’zlashtirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Zavodda Shveysariya, Germaniya, Hindiston, Xitoy va Italiyadan zamonaviy texnologik uskunalar o’rnatildi. Ushbu bosqich natijasida yiliga $24 mlnlik kaliy sulfat, sulfat kislota va ammiak-xlorli o’g’itlar ishlab chiqarish, shuningdek, 120 ta yangi ish o’rni yaratish rejalashtirilgan.
2025-2028 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning uchinchi bosqichi mono va dikalsiy fosfatlar, kaliy nitrat, murakkab NPK o’g’itlari, kaltsiy xlorid, monoammoniy fosfat va kaliy monofosfat ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Loyihaning qiymati $100 mlnni tashkil etadi va yangi ish o’rinlari soni 235 ga yetadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ