«Qo’qon» iqtisodiy zonasini kengaytirish rejalashtirilgan
2026 yil oxirigacha EIZ hududida kamida $1 mlrdlik investitsiyalarni o'zlashtirish rejalashtirilgan

Фото: O’zbekiston 24
«Qo’qon» erkin iqtisodiy zonasi hududi Farg’ona viloyatida import o’rnini bosuvchi va eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun Quvasoy shahar munitsipaliteti zaxira fondi yerlari hisobidan 210,4 gektarga kengaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
10 iyul kuni prezident «Qo’qon» EIZ hududini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida qaror qabul qildi.
Qo’qon EIZ’ning kengaytirilgan hududining bosh rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Unitar korxona «Qo’qon» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi buyurtmachi etib tayinlanadi, loyiha tashkiloti esa tender yakunlari bo’yicha tanlanadi.
2026 yil oxiriga kelib, kamida $1 mlrd sarmoya jalb qilish, 11,7 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratish va yiliga $965 mlnlik qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan, shundan $313,6 mln eksport qilinadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ