Birinchi marta ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinadi

Ularga kamchilikni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi

Birinchi marta ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkorlar javobgarlikdan ozod qilinadi

Prezident bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo‘yganlar uchun “birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etilishini aytdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda

Bugun, 19-mart kuni Prezident Mirziyoyev ishtirokida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Prezident: “Ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, kamchilikni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi. Bir so‘z bilan aytganda, yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sug‘urtalangan” bo‘ladi”, — deya qayd etdi. 

Davlat rahbari yangi tadbirkorlar “oyoqqa turib olishi” uchun, ularni ayniqsa, faoliyat boshlagan birinchi yilida qo‘llab-quvvatlash juda muhimligi ta’kidladi.

Qayd etilishicha, mamlakatda oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil to‘lmasdan tugatilgan. Yig‘ilishda ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari mas’ullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani aytildi.

Avvalroq Prezident O‘zbekistonning 15 ta hududida davlat idoralari bitta binoga ko‘chirilishini va Bo‘shagan 150 ta bino tadbirkorlarga auksion orqali berilishini ma’lum qilgandi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

ILMA “Asterium” kompniyasiga kripto-depozitariy faoliyati uchun litsenziya berdi
/
ILMA “Asterium” kompniyasiga kripto-depozitariy faoliyati uchun litsenziya berdi
O‘zbekistonda 1-sentabrdan maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshi oshiriladi
/
O‘zbekistonda 1-sentabrdan maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshi oshiriladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi