O‘zbekistonda islom banki to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi

Mazkur faoliyatning huquqiy asoslarini belgilovchi hujjat Senatga ko‘rib chiqish uchun yuborildi

O‘zbekistonda islom banki to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi

O‘zbekistonda moliya tashkilotlari faoliyatini islom tamoyillari asosida yuritish uchun huquqiy asos joriy etilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatda islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish mezonlari belgilangan. Shuningdek, unda islomiy moliya operatsiyalarining asosiy tushunchalari va faoliyat tamoyillari izohlangan.

Islomiy standartlar asosida ishlaydigan tashkilotlarga quyidagi huquqlar beriladi:

  • mijozlarni moliyalashtirish maqsadida savdo faoliyati bilan shug‘ullanish;
  • yuridik shaxslar tashkil etish;
  • kompaniyalarda ulush yoki aksiyalar sotib olish.

Deputatlar ta’kidlaganidek, yangilangan soliq tartiblari moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi. Ushbu normativ hujjat islomiy moliyani joriy etish uchun huquqiy bazani shakllantiradi. Kutilishicha, bu iqtisodiyotdagi soya sektorini qisqartirishga va xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Hujjat deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Markaziy bank avvalroq lombardlar va faktoring tashkilotlari islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatishiga ruxsat bergan edi. Bunday huquq avvalroq mikromoliya tashkilotlariga berilgan.

Endilikda ular islomiy moliyalashtirishga oid quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin:

  • islomiy ijara;
  • muzoraba – foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish;
  • murobaha – nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish;
  • mushoraka – sherikchilik, foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish;
  • salam – oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
/
UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
/
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi