O‘zbekiston 2026-yilgacha qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun $115 mlndan ortiq mablag‘ ajratadi

Jahon banki yangi texnika xaridi uchun $65 mlnni yo‘naltiradi

O‘zbekiston 2026-yilgacha qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun $115 mlndan ortiq mablag‘ ajratadi

O‘zbekiston 2026-yilgacha qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va rivojlantirish uchun $118,5 mln ajratadi. Bu haqida Prezident qarori imzolandi

Unga ko’ra, Jahon banki lizing tashkilotlariga “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida $34 mln, “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida esa $19,5 mln ajratadi. 

Shuningdek, 3 oy ichida Jahon banki bilan  “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tayyor bog‘lar va kichik agroloyihalar uchun $65 mln yo‘naltirish masalasi kelishiladi hamda zaruriy qarz shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

2025-yilning fevral oyiga qadar hududiy hokimliklar qishloq xo‘jaligi texnikasiga ehtiyoji bo‘lgan fermerlarning ro‘yxatini shakllantirishi lozim. Ushbu texnikalar tarkibiga paxta terish mashinalari, lazerli plannerlar va ko‘p funksiyali aniq urug‘ ekish mashinalari kiradi.

Bundan tashqari, 2027-yilgacha paxta terish va bog‘dorchilik kombaynlari, shuningdek, 10 yilgacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasi utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.

Shu jumladan, 2025-yil 1-martdan boshlab yangi traktorlar va kombaynlarning GPS qurilmasi o‘rnatilmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va ekspluatatsiyasi taqiqlanadi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
/
Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
/
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi