To‘rt oyda chet elga safar qilgan o‘zbekistonlik soni 2 mlndan oshdi

Eng ko‘p sayohat qilingan davlatlar qatorida Qirg‘iziston va Tojikiston yetakchilik qilmoqda

To‘rt oyda chet elga safar qilgan o‘zbekistonlik soni  2 mlndan oshdi

2025-yilning yanvar—aprel oylarida jami 2 mln 116,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 404,5 ming nafarga yoki 23,6% ga oshgan.

Yanvar—aprel oylarida xorijiy davlatlarga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Qirg‘iziston — 899 ming nafar;
  • Tojikiston — 388,4 ming nafar;
  • Qozog‘iston — 354,9 ming nafar;
  • Saudiya Arabistoni — 133,6 ming nafar;
  • Rossiya — 93,9 ming nafar;
  • Turkiya — 64,2 ming nafar;
  • BAA — 58,8 ming nafar;
  • Misr — 22,4 ming nafar;
  • Tailand — 15,4 ming nafar;
  • Vyetnam — 11,4 ming nafar;
  • boshqa davlatlar — 74,6 ming nafar.

2025-yilning yanvar—fevral oylarida jami 1 mln 32 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Yanvar—fevral oylarida chet elga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

  • qarindoshlarni yo‘qlash — 795 461 nafar;
  • sayyohlik — 220 771 nafar;
  • davolanish — 8 720 nafar;
  • o‘qish — 5 191 nafar;
  • xizmat yuzasidan — 2 018 nafar.

Kapital.uz avvalroq yanvar oyida 551,3 ming nafar o‘zbekistonlik chet elga safar qilgani haqida xabar qilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston kimyo sanoatiga $9,5 mlrd yo‘naltiriladi
/
O‘zbekiston kimyo sanoatiga $9,5 mlrd yo‘naltiriladi
Metan zapravkalar 14-martdan bosqichma-bosqich ochiladi
/
Metan zapravkalar 14-martdan bosqichma-bosqich ochiladi
O‘zbekistonda kiberjinoyatlar uchun banklar moddiy javobgar bo‘ladi
/
O‘zbekistonda kiberjinoyatlar uchun banklar moddiy javobgar bo‘ladi