“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” Qashqadaryoda $200 mlnlik zavod qurilishini tezlashtiradi

Tomonlar maishiy kimyo va yuvish vositalari uchun komponentlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hujjatlarni yakunlamoqda

“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” Qashqadaryoda $200 mlnlik zavod qurilishini tezlashtiradi

“O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Abdugani Sanginov hamda “KazMunayGaz” rahbari Qashqadaryo viloyatida lineer alkilbenzol (LAB) ishlab chiqarish loyihasini jadallashtirishga kelishib oldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda loyiha amalga oshirilishining amaliy bosqichlari tahlil qilinib, yaqin muddatda loyiha-smeta ishlarini tezlashtirishga kelishuvga erishildi. Hozirda tomonlar texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tayyorlash jarayonini yakunlamoqda.

Lineer alkilbenzol (LAB) kir yuvish kukunlari va boshqa sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Mazkur ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mintaqa bozorini zarur xomashyo bilan ta’minlash, shuningdek, neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beradi.

Loyiha ishga tushirilgach, neft-kimyo mahsulotlari importiga qaramlik kamayishi va ikki davlatning eksport salohiyati kengayishi kutilmoqda. Mazkur tashabbus 2025-yil noyabr oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlardan so‘ng boshlangan umumiy qiymati $1,2 mlrd bo‘lgan qo‘shma loyihalar ro‘yxatiga kiradi.

Loyiha haqida Shavkat Mirziyoyev parlament va xalqga yo‘llagan dekabr oyidagi murojaatida ma’lum qilgan edi. Davlat rahbari ta’kidlaganidek, majmua qurilishiga jami $200 mln investitsiya yo‘naltiriladi. Korxonaning loyiha quvvati yiliga 50 ming tonna alkilbenzol ishlab chiqarish, shuningdek, polimerlar va sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar reyestri e‘lon qilindi
/
O‘zbekistonda xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar reyestri e‘lon qilindi
O‘zbekistonda biznes uchun yagona ilmiy ishlanmalar bazasi yaratiladi
/
O‘zbekistonda biznes uchun yagona ilmiy ishlanmalar bazasi yaratiladi
Wolt brendi O‘zbekistondan tashqari yana 3 ta mamlakatda faoliyatini to‘xtatadi
/
Wolt brendi O‘zbekistondan tashqari yana 3 ta mamlakatda faoliyatini to‘xtatadi