2024-yilning so‘nggi uch oyida 8,5 trln so‘mlik Markaziy bank obligatsiyalari emissiya qilindi

Shuningdek, depozit auksionlarining kunlik o‘rtacha hajmi 3,1 trln so‘mni tashkil etgan

2024-yilning so‘nggi uch oyida 8,5 trln so‘mlik Markaziy bank obligatsiyalari emissiya qilindi

Bank tizimi umumiy likvidligining ortishi fonida 2024-yilning so‘nggi uch oyida 8,5 trln so‘mlik Markaziy bank obligatsiyalari emissiya qilindi. Bu haqdagi Markaziy bank o‘z hisobotida ma’lum qildi

Obligatsiyalar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 15,4% miqdorida shakllandi. 

Bank tizimida mavjud qo‘shimcha likvidlik depozit operatsiyalari orqali ham tartibga solib borildi. Xususan, IV chorak davomida depozit auksionlarining kunlik o‘rtacha hajmi 3,1 trln so‘mni tashkil etib, likvidlikni jalb etish operatsiyalaridagi ulushi 20% ga teng bo‘ldi. Overnayt depozit operatsiyalariga 13,9% ulush bilan kunlik o‘rtacha 2,2 trln so‘mlik talab saqlanib qoldi. 

Natijada Markaziy bankning tijorat banklari bilan pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha o‘rtacha sof pozitsiyasi 14,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Tijorat banklarining o‘zaro likvidlikni taqsimlashi uchun pul bozorlarida faolligining ortishi natijasida Markaziy bank likvidlikni taqdim etish operatsiyalariga bo‘lgan talabining bir qismi pasayishni davom ettirdi. Bunda, likvidlikni taqdim etish operatsiyalarining asosiy qismini REPO operatsiyalari tashkil etib, ular bo‘yicha o‘rtacha kunlik qoldiq sentyabr oyidagi 811 mlrd so‘mdan dekabr oyida 711 mlrd so‘mga pasaydi.

Overnayt REPO operatsiyalarining kunlik o‘rtacha qoldig‘i o‘zgarishsiz shakllanib, dekabr oyida o‘rtacha 311 mlrd. so‘mni tashkil etdi (sentyabr oyida 318 mlrd. so‘m).

O‘z navbatida, tijorat banklari kun davomidagi kutilmagan likvidlik shoklarini boshqarish maqsadida kun davomida foizsiz kredit instrumentidan ham faol foydalandi. IV chorak davomida ushbu operatsiyalarning kunlik o‘rtacha hajmi 678 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2025-yil I chorak uchun rejalar

2025-yilning I choragida banklar o‘rtasida likvidlikning teng taqsimlanishini ta’minlash va likvidlikka bo‘lgan talablarni qondirish maqsadida REPO operatsiyalarining faollashtirish choralari ko‘riladi.

Ikki tomonlama likvidlik operatsiyalarini keng qo‘llash orqali barcha bozor ishtirokchilari uchun yetarli likvidlikni ta’minlash hamda pul bozorida foiz stavkalarining keskin tebranishlarining oldini olish maqsad qilingan.

2025-yilda pul bozori foiz stavkalarini to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida tizimdagi likvidlik profisitini saqlab qolish choralari amalga oshiriladi.

Zarur hollarda Markaziy bank obligatsiyalar emissiyasini oshirish hamda depozit auksionlarini kengaytirish orqali bank tizimidagi mavjud qo‘shimcha likvidlik samarali tartibga solinadi.

Avvalroq, 2024-yilning IV choragida pul bozoridagi operatsiyalarning hajmi 149 trln so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi BAAning “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi
/
Raqobat qo‘mitasi BAAning “Naptha Group L.L.C-FZ” kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi
Qozog‘iston temir yo‘l orqali benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqishni taqiqlanmoqda
/
Qozog‘iston temir yo‘l orqali benzin va dizel yoqilg‘isini olib chiqishni taqiqlanmoqda
2024-yilda ATTO tizimi orqali poytaxt va viloyatlardagi jamoat transportida 510,5 mln marta tranzaksiya amalga oshirildi
/
2024-yilda ATTO tizimi orqali poytaxt va viloyatlardagi jamoat transportida 510,5 mln marta tranzaksiya amalga oshirildi