O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’iston Qambarota GES-1 qurilishiga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida bitim imzoladilar

Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, gidroelektrostantsiya qurilishi $4,5 mlrdga tushadi

O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’iston Qambarota GES-1 qurilishiga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida bitim imzoladilar

Vena shahrida 10-11 iyun kunlari Jahon banki ko’magida mamlakat hukumati tomonidan tashkil etilgan Qirg’iziston xalqaro energetika investitsiya forumi bo’lib o’tdi. Forumda O’zbekiston energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov ishtirok etdi. Bu haqda energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Forumda O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston, Avstriya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va xalqaro moliya institutlaridan 200 ga yaqin energetika sohasi vakillari ishtirok etdi.

Forumda O’zbekiston, Qirg’iziston va Qozog’iston energetika vazirliklari o’rtasida Qambarota GES-1 qurilishiga va ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik ko’rish to’g’risida uch tomonlama bitim imzolandi.

Shuningdek, tomonlar energetika sohasida, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarida hamkorlik qilish va Qambarota GES-1 suv-energetika resurslaridan foydalanish mexanizmlarini yaratish to’g’risida kelishib oldilar.

Forum Qambarota GES-1 qurilishi bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi donor qo’mitasini tashkil etish bilan yakunlandi. Qo’mitaning birinchi a’zolari: Jahon banki, OPEK jamg’armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Islom taraqqiyot banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki.

E’tibor bering, Qirg’iziston allaqachon Qambarota GES-1 qurilishiga tayyorgarlik ko’rmoqda. Rejaga ko’ra, 1860 MVt quvvatga ega Norin daryosidagi ushbu gidroelektr stantsiyasi Markaziy Osiyodagi eng yiriklardan biriga aylanadi va mamlakatga elektr energiyasini eksport qilishga imkon beradi. Rasmiylarning dastlabki hisob-kitoblariga ko’ra, gidroelektrostantsiya qurilishi taxminan $4,5 mlrdga tushadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi