«CITIC Construction» O’zbekistonda pullik yo’llar qurishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, Xitoy kompaniyasi respublikada yana ikkita yo'lni rekonstruksiya qilmoqchi

«CITIC Construction» O’zbekistonda pullik yo’llar qurishni rejalashtirmoqda

Xitoyning «CITIC Construction» kompaniyasi O’zbekistonda yangi pullik yo’llar qurmoqchi. Bu haqda transport vazirligi xabar bermoqda.

Shuningdek, kompaniya Pungan — Namangan va Toshkent — Chinoz yo’llarini rekonstruksiya qilish loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

27 mart kuni transport vazirligi va kompaniya vakillari o’rtasidagi uchrashuvda yo’llarni qurish va modernizatsiya qilish, shuningdek, ushbu loyihalar xarajatlarini optimallashtirish rejalari muhokama qilindi.

Kompaniya hozirda loyiha tadqiqotlarini olib bormoqda va tez orada barcha belgilangan talablarga javob beradigan loyiha takliflarini taqdim etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TXMM ishtirokchilari uchun qoidabuzarliklar bo‘yicha $10 mlngacha jarima joriy etildi
/
TXMM ishtirokchilari uchun qoidabuzarliklar bo‘yicha $10 mlngacha jarima joriy etildi
Qurilishi tugallanmagan uylarga aholini ko‘chirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
/
Qurilishi tugallanmagan uylarga aholini ko‘chirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
2027-yildan pensiya hisoblashda ish haqi limiti 6,6 mln so‘mga oshirilishi rejalashtirilmoqda
/
2027-yildan pensiya hisoblashda ish haqi limiti 6,6 mln so‘mga oshirilishi rejalashtirilmoqda