Toshkentdagi pullik to‘xtash joylari narxlari e’lon qilindi

Ayrim toifadagi shaxslardan to’lov undirilmaydi

Toshkentdagi pullik to‘xtash joylari narxlari e’lon qilindi

Toshkent shahar hokimligining qaroriga ko‘ra, pullik to‘xtash joylari 5 ta tarif zonasiga ajratilib, ularga 1 soat uchun narxlar belgilandi.

Unga ko’ra:

  • birinchi tarif zonasi — 12 ming so‘m;
  • ikkinchi tarif zonasi — 10 ming so‘m;
  • uchinchi tarif zonasi — 8 ming so‘m;
  • to’rtinchi tarif zonasi 6 ming so‘m;
  • beshinchi tarif zonasi — 5 ming so‘m.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlar va maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan foydalaniladigan jigarrang, qizil yoki ko‘k-qizil miltillovchi chiroq va maxsus ovozli signallar bilan jihozlangan transport vositalari, old va orqa oynalarida “7.17” yo‘l belgisi tasviri tushirilgan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, II Jahon urushi qatnashchisi avtomobil hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan ikki g‘ildirakli transport vositalariga to’xtash joyidan foydalanilganligi uchun to’lov olinmaydi.

Jumladan, to‘xtash joylarida savdo, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, sport, madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yonidan 5% joy (lekin 1 donadan kam bo‘lmagan) imtiyozli ruxsatnomaga ega shaxslarga ajratiladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
/
UzAuto Motors va yirik davlat kompaniyalari xususiylashtirishga tayyorlanmoqda
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
/
Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi