Toshkentda 84 mingga yaqin pullik avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilgan
Ularning narxlari va joylari ham ma’lum qilindi
Toshkent shahrida 84 mingga yaqin pullik avtoturargohlar quriladi. Bu bo‘yicha 21-oktabr kuni shahar hokimining qarori qabul qilindi.
Unga ko’ra, poytaxt tumanlaridagi belgilangan joylarda pullik “parkovka»lar bosqichma bosqich joriy etiladi.
Birinchi bosqichda 14 mingga yaqin avtoturargohlarni o’rnatish ishlari 2025-yilning 15-martigacha yakunlanishi kerak.
Ikkinchi bosqichda kelasi yilning 1-iyunigacha jami 70 mingta avtoturargohlar tashkil etiladi. Yakunida ularning soni 84 mingtaga yetkazilib, qurilish ishlari 2025-yilning avgust oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda.
Avtoturargohlar uchun yer maydonlari ijara huquqi asosida 10 yil muddatda tadbirkorlarga “E-auksion” orqali savdo asosida beriladi.
Bundan oldin, ushbu pullik avtoturargohlarning narxlari haqda xabar berilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ