Toshkent shahrida pullik avtoturargohlar operatori sifatida “Streetpark Systems” tanlandi

Oldin g‘olib bo‘lgan “Balcomuz” shartnomani rasmiylashtirmadi

Toshkent shahrida pullik avtoturargohlar operatori sifatida “Streetpark Systems” tanlandi

2023-yil 17-dekabr kuni Toshkent ko‘chalarida pullik avtoturargohlarni tashkil etish huquqi bo‘yicha takroriy auksion yakunlandi. Bu haqda E-auksion platformasi xabar berdi.

Auksion 20 daqiqadan ortiq davom etib, ikki taklifdan keyin yakunlandi. “Streetpark Systems” kompaniyasi  62,93 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu boshlang‘ich narxdan 10% ko‘p miqdorda bo‘lgan. 

Noyabr oxirida bo‘lib o‘tgan avvalgi auksionda “Balcomuz” qo‘shma korxonasi g‘olib deb topilgan edi. U uch yillik avtoturargoh joylarini ijaraga olish uchun 120 mlrd so‘m taklif qilgan, biroq shartnoma rasmiylashtirilmagan.

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov oktabr oyida pullik avtoturargohlarni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Hujjatga ko‘ra, 2025-yil avgust oxiriga qadar 13,2 mingta avtoturargoh joylari yaratiladi, kelajakda ularning soni 84 mingtagacha oshiriladi.

Rejaga ko‘ra:

  • Birinchi bosqich: 2025-yil 15-martgacha 14 mingta avtoturargoh joyi yaratiladi.
  • Ikkinchi bosqich: 2025-yil iyun oyi boshigacha yana 70 mingta joy barpo etiladi.

Toshkent shahrida pullik avtoturargohlar uchun tariflar tasdiqlangan bo‘lib, narxlar joylashuv zonasiga qarab 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha bo‘ladi.

“Toshkent Invest” kompaniyasi 2025-yil 1-yanvargacha pullik avtoturargohlarning avtomatlashtirilgan tizimini ishga tushirishi shart. Ushbu loyiha Toshkentni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi va yangi avtoturargohlar uchun kerakli uskunalarni integratsiya qiladi. Kompaniya ushbu tizimning operatori sifatida faoliyat yuritadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Amal Baymaxanov Anorbank marketing direktori lavozimidan ketdi
/
Amal Baymaxanov Anorbank marketing direktori lavozimidan ketdi
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab birorta tovar eksportiga cheklov bo‘lmaydi
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi
/
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar o‘rnatildi