Davlat tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi

Endi bemor yo‘llanmasiz o‘z ixtiyori bilan murojaat qilsa, tibbiy yordam pullik asosda ko‘rsatiladi

Davlat tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi

Hukumatning 11-noyabrdagi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Nizomga ko‘ra, tibbiyot muassasasiga mijoz rejali tibbiy yordam olish uchun tegishli yo‘llanmasiz, o‘z ixtiyori bilan murojaat qilganda, tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatiladi.

Davlat tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlardan tashqari xizmatlar qo‘shimcha hisoblanadi va pulli asosda ko‘rsatiladi.

Mijoz tibbiyot muassasalarining ro‘yxatga olish bo‘limlari tomonidan qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi.

Har bir mijozning tibbiy kartasiga uning shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlari asosida pulli xizmat ko‘rsatilishi belgilanadi. Mijozlar tibbiyot muassasasiga to‘lovni oldindan to‘liq to‘lash shartlarida qabul qilinadi.

Tibbiyot muassasalariga kelgan shaxslar tasdiqlangan narxnoma bo‘yicha haq to‘lagandan so‘ng maslahat olish uchun mutaxassis shifokorga va (yoki) instrumental-laborator tashxis qo‘yishga yuboriladi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra tor soha mutaxassisi ko‘rigiga yuborish va (yoki) mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda davolanish chorasi belgilanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
/
Shavkat Mirziyoyev biznesga bosim o‘tkazayotgan jinoiy tuzilmalarni tugatishni topshirdi
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi
/
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yuqori tezlikdagi temir yo‘l ishga tushiriladi
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi